“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Kelajak ovozi – 2008” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Rivojlanayotgan axborot texnologiyalari va yoshlar” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, «Kelajak ovozi – 2008» ko‘rik-tanlovining «Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari» yo‘nalishi ishtirokchilari qatnashdi.
Konferensiyada Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini joriy etish, ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishini kengaytirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 may kuni qabul qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur sohada iqtidorli, izlanuvchan talaba-yoshlarni kashf etish, ularning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda «Kelajak ovozi» respublika ko‘rik-tanlovining o‘z o‘rni bor. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti informatika va kompyuter texnolog
...
Batafsil »