MANSURJON



Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 
Главная » 2008 » Dekabr » 26 » Axborot texnologiyalari va yoshlar
Axborot texnologiyalari va yoshlar
14:10
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Kelajak ovozi – 2008” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Rivojlanayotgan axborot texnologiyalari va yoshlar” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, «Kelajak ovozi – 2008» ko‘rik-tanlovining «Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari» yo‘nalishi ishtirokchilari qatnashdi.

Konferensiyada Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini joriy etish, ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishini kengaytirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 may kuni qabul qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur sohada iqtidorli, izlanuvchan talaba-yoshlarni kashf etish, ularning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda «Kelajak ovozi» respublika ko‘rik-tanlovining o‘z o‘rni bor. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti informatika va kompyuter texnologiyalari kafedrasi mudiri Baxtiyor Rajabovning aytishicha, o‘tgan yillarda ijodiy bellashuvning ushbu yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan yoshlarning bir qator loyihalari turli korxonalar va kompaniyalar tomonidan amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Ushbu dasturiy mahsulotlar xorijiy davlatlarda ham e’tirof etilayotgani diqqatga sazovordir. Zaynab Yusupova, Ruslan Sultonov, Mirziyod Mirusmonov kabi yosh dasturchilarning ishlari buning dalilidir.

Tanlovning bu yilgi yakuniy bosqichida «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» yo‘nalishida oltmish yetti nafar yigit-qiz o‘z loyihasi bilan ishtirok etmoqda.

Surxondaryolik Ulug‘bek Esonqulov – ularning biri. Yosh dasturchi Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida ta’lim oladi. U «O‘zbekiston elektron tibbiy ensiklopediyasi» elektron portalini yaratdi. O‘zbek va rus tilidagi ushbu portal foydalanishda qulayligi, kasalliklar haqida ma’lumotlar, tibbiy lug‘at, malakali shifokorlarning maslahatlari mavjudligi bilan ham ahamiyatlidir.

– Tanlov sabab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’limiga oid ko‘plab yangi ma’lumotlardan boxabar bo‘ldik, – deydi U.Esonqulov. – Shu bilan birga respublikamizning turli hududlarida mazkur sohada izlanayotgan iqtidorli yoshlarning loyihalari bilan yaqindan tanishdik, malakali mutaxassislar, professor-o‘qituvchilarning qimmatli maslahatlaridan bahramand bo‘ldik, mahorat saboqlarida ishtirok etdik. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar kamoloti yo‘lida ko‘rsatilayotgan doimiy e’tiborning amaldagi ifodalaridir.

Просмотров: 1288 | Добавил: msjon1991 | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Chorshanba
02.Iyul.2025
18:38
Календарь новостей
«  Dekabr 2008  »
D S Ch P J Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Форма входа
Приветствую Вас Гость!
Мини-чат
100
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2025
Используются технологии uCoz